Ijodkorlar tanlovi

Ijodkorlar tanlovi

  • 07.05.2026
  • 18
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar ijodini qo‘llab-quvvatlash, ularning nutq madaniyatini rivojlantirish hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Rus tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Ifodali o‘qish tanlovi” nomli ijodiy kecha tashkil etildi.

 

Ijodiy kechada “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)” ta’lim yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Ular tomonidan Aleksandr Pushkin, Anna Axmatova kabi rus adabiyotining zabardast namoyandalari hamda Muhammad Yusuf, Zulfiya singari o‘zbek she’riyatining yirik vakillariga mansub she’rlar ifodali o'qildi.

Tanlov jarayonida ishtirokchilarning nutq ravonligi, ifoda mahorati, sahnadagi o‘zini tutishi hamda asar mazmunini yetkazib bera olish qobiliyatlari hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

 

Tadbir yakunida eng faol va iqtidorli ishtirokchilar saralab olinib, ularga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.