“Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga sayohat

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga sayohat

  • 05.05.2026
  • 16
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi talabalari uchun navbatdagi o‘quv-amaliy safar tashkil etildi. Ushbu safar doirasida talabalar Boysun bahori xalqaro folklor festivali da ishtirok etib, milliy va xalqaro turizm jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘zining rang-barang dasturlari, turli mamlakatlardan kelgan turistlar, milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari bilan ajralib turadi. Talabalar ushbu jarayonda nafaqat tomoshabin sifatida, balki tahlilchi sifatida ham faol ishtirok etib, turizmni tashkil etish, sayyohlarni jalb qilish, xizmat ko‘rsatish madaniyati va mehmondo‘stlik tamoyillarini amaliy jihatdan o‘rganishdi.

 

Shuningdek, ular gidlik faoliyati, turistlar bilan samarali muloqot o‘rnatish, turistik marshrutlarni shakllantirish hamda hududiy turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha muhim tajribalar orttirdi. Bu esa ularning kelajakda malakali mutaxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.