Akademik halollik – ilmiy taraqqiyot poydevori

Akademik halollik – ilmiy taraqqiyot poydevori

  • 05.05.2026
  • 16
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatida halollik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan muhim seminar tashkil etildi. Unda StrikePlagiarism (PLAG.UZ) kompaniyasi mutaxassislari — Verona Bashkareva hamda Baxriddin Orifxonov ishtirok etishdi.

 

Seminarda universitet professor-o‘qituvchilariga ilmiy ishlarni tayyorlash jarayonida matnli plagiatlarni aniqlashning zamonaviy usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, sun’iy intellektga asoslangan murakkab algoritmlar orqali nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirilgan matnlar, balki qayta ishlangan, sinonimlar orqali o‘zgartirilgan yoki mazmun jihatdan o‘zlashtirilgan matnlarni aniqlash imkoniyatlari keng yoritildi.

 

Mutaxassislar tomonidan plagiat tushunchasi, uning turlari va ilmiy faoliyatga salbiy ta’siri haqida aniq misollar asosida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, plagiatni oldini olish, ilmiy manbalardan to‘g‘ri foydalanish, havola berish qoidalariga amal qilish kabi muhim jihatlar ham seminar markazida bo‘ldi.

 

Tadbir davomida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, akademik halollikni ta’minlash, mualliflik huquqlarini hurmat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga plagiat tekshiruv tizimlaridan foydalanish tartibi, natijalarni tahlil qilish, shuningdek, aniqlangan ko‘chirmachilik holatlarida qo‘llaniladigan intizomiy choralar haqida ham atroflicha ma’lumotlar berildi.

 

Seminar interaktiv ruhda o‘tdi — ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan amaliy tavsiyalar oldilar. Bu esa tadbirning samaradorligini yanada oshirdi.