Barqaror rivojlanish markazi hamda TISU oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Barqaror rivojlanish markazi hamda TISU oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  • 01.05.2026
  • 137
Blog Image

Memorandum doirasida barqaror rivojlanishning global maqsadlarini milliy va hududiy darajada amalga oshirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

 

 Mazkur kelishuvga muvofiq, tomonlar qator ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Xususan, barqaror rivojlanish milliy maqsadlarini ilmiy tadqiqotlar va amaliy loyihalar orqali targ‘ib etish, kambag‘allikni qisqartirish, sifatli ta’limni ta’minlash, munosib mehnat va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

 

 Shu bilan birga, talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun innovatsion laboratoriyalar tashkil etish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, “yashil iqtisodiyot” tamoyillari hamda raqamli transformatsiyani ta’lim jarayoniga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Bundan tashqari, mazkur hamkorlik hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun yangi imkoniyatlar yaratishda ham xizmat qiladi.