Fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

  • 01.05.2026
  • 191
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan joriy yilning 20–30-aprel kunlari fan olimpiadasi o‘tkazildi va muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur olimpiada yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ta’lim sifatini oshirish hamda ilm-fan rivojiga hissa qo‘shadigan salohiyatli kadrlarni tayyorlash maqsadida tashkil etildi. Olimpiadada maktab bosqichida qariyb 30 ming, tuman bosqichida 5 841 nafar hamda viloyat bosqichida 113 nafar 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

 

G‘olib o‘quvchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanib, viloyat bosqichi sovrindorlariga Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 100 foiz grant asosida tahsil olish imkoniyati taqdim etildi. Shuningdek, g‘oliblarni tayyorlashda muhim o‘rin tutgan ustozlar ham munosib rag‘batlantirildi.

 

Olimpiada doirasida yuqori natijaga erishgan o‘quvchilar tahsil olayotgan maktab direktorlari hamda tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari ham e’tibordan chetda qolmadi. Ular o‘quvchilarning yutuqlariga qo‘shgan hissasi uchun pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

Mazkur tashabbus nafaqat o‘quvchilarni, balki ularni qo‘llab-quvvatlagan pedagoglar va ta’lim tizimi vakillarini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Fan olimpiadasi yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelajakda yurt ravnaqiga xizmat qiladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.