“Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini mustahkamlash maqsadida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi tashkil etildi. Mazkur tanlov doirasida “Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda universitetning turli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etib, giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit, jamiyat taraqqiyoti hamda yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri haqida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy yondashuv asosida bayon etdilar.
Tanlov jarayonida ishtirokchilarning ijodiy fikrlashi, mavzuni ochib berish darajasi hamda mazmunning dolzarbligi hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Eng yaxshi insholar mualliflari universitet bosqichi g‘oliblari sifatida e’tirof etilib, keyingi bosqichlarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.


