Termiz shahrida “Talaba Expo 2026” tadbiri tashkil etildi

Termiz shahrida “Talaba Expo 2026” tadbiri tashkil etildi

  • 30.04.2026
  • 142
Blog Image

Termiz shahrida O‘zbekiston yoshlarining bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga samarali yo‘naltirish hamda bitiruvchi talabalarni ish beruvchilar bilan bog‘lash maqsadida “Talaba Expo 2026” tadbiri etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi tashabbusi tashabbusi bilan o‘tkazildi.

 

Yarmarka davomida hududdagi va respublika miqyosidagi 100 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etib, 1200 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari hamda stajirovka imkoniyatlarini taqdim etdi. Tadbir ish izlayotgan yoshlar, ayniqsa oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun o‘z kasbiy faoliyatini boshlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

 

Mazkur tadbirda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti bitiruvchi talabalari ham faol ishtirok etdi. Ular turli tashkilot va korxonalar bilan suhbatlar o‘tkazib, o‘z kasbiy salohiyatini namoyish qilishdi. Natijada bir qator bitiruvchilar kelajakdagi ish faoliyati uchun muhim bo‘lgan hamkorlik kelishuvlari va shartnomalarni imzolashga muvaffaq bo‘lishdi.

 

Tadbirning yopilish marosimida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori A. Absamatov tomonidan “Talaba Expo 2026” tadbirida faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandi. So‘zga chiqqan rektor talabalarning tashabbuskorligi, innovatsion g‘oyalarga boyligi hamda mehnat yarmarkasi doirasida o‘z salohiyatini namoyon eta olganini alohida e’tirof etdi. U yoshlarning bunday platformalarda ishtirok etishi nafaqat ularning kasbiy rivoji, balki kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim qadam ekanini ta’kidladi.

 

Marosim davomida faol qatnashgan talabalar esdalik sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlandi. Bu esa yoshlarni yanada faol bo‘lishga, o‘z ustida ishlashga va yangi imkoniyatlardan samarali foydalanishga undaydi.

 

“Talaba expo-2026” nafaqat talaba-yoshlar, balki ish beruvchi tashkilotlar uchun ham samarali muloqot maydoniga aylandi. Tadbir davomida ko‘plab talabalar turli tashkilotlar bilan suhbatlardan o‘tib, kelgusidagi hamkorlik va ish faoliyatini boshlash uchun muhim kelishuvlarga erishdi.