“Rektor kubogi” sport musobaqalari g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari yakuniga yetib, g‘olib jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stona raqobat va sport ruhini namoyon etdilar. Bellashuvlar yuqori kayfiyat, sportga bo‘lgan qiziqish hamda jamoaviy birdamlik muhitida o‘tdi.
Yakunda g‘olib jamoalar tantanali ravishda diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. G‘oliblarga quyidagi miqdorda mukofotlar topshirildi:
1-o‘rin — 5 million so‘m;
2-o‘rin — 4 million so‘m;
3-o‘rin — 3 million so‘m;
Taqdirlash marosimida universitet rahbariyati tomonidan sport musobaqalarida faol ishtirok etgan barcha jamoalarga minnatdorlik bildirildi. Ta’kidlanganidek, bunday sport tadbirlari jamoa salomatligini mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida ijobiy muhit yaratish hamda universitetda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.



