Dars jarayoni nazorati

Dars jarayoni nazorati

  • 08.04.2026
  • 152
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ta’lim jarayonining sifatini oshirish, o‘quv dasturlarining samaradorligini ta’minlash hamda talabalarning dars jarayonidagi faollik darajasini aniqlash maqsadida muntazam ravishda ta’lim sifati monitoringi ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Mazkur jarayon universitetning O‘quv-uslubiy boshqarmasi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir fakultet va yo‘nalishda o‘quv mashg‘ulotlari muntazam tahlil qilinmoqda.

 

Bugun o‘tkazilgan navbatdagi monitoring tadbirlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali va  Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filialida  joylashgan TISU Tibbiyot fakulteti klinik bazalarida bo‘lib o‘tdi.

 

Monitoring jarayonida dars mashg‘ulotlarining sifati, o‘quv dasturlari mazmunining amaliyot bilan uyg‘unligi, talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasi hamda o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish ko‘nikmalari o‘rganildi.