Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti bilan shartnoma imzolandi

Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti bilan shartnoma imzolandi

  • 06.04.2026
  • 172
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti oʻrtasida 2026-2030 yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot, oʻquv uslubiy va kadrlar tayyorlash sohasidagi oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.

 

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yuqori sur'atlarda rivojlantirishda ustuvor yo'nalishlardan hisoblanmish biologiya, genetika, va qishloq xoʻjaligi sohalari uchun bilimdon, malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining va ilmiy salohiyatli kadrlarning sifatini oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ilmiy-tadqiqotlar olib borishda ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta'lim muassasalari oʻrtasida o'zaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish belgilab berilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti bilan O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti oʻrtasida mutaxassislar yetishtirishda yaqindan hamkorlik joriy etilishi talab qilinadi.