Botanika instituti bilan shartnoma imzolandi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda OʻzR FA Botanika instituti oʻrtasida 2026-2030 yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot, oʻquv uslubiy va kadrlar tayyorlash sohasidagi oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yuqori sur'atlarda rivojlantirishda ustuvor yo'nalishlardan hisoblanmish biologiya, botanika va oʻsimliklar fiziologiyasi hamda morfologiyasi boʻyicha bilimdon, malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining va ilmiy salohiyatli kadrlarning sifatini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ilmiy-tadqiqotlar olib borishda ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta'lim muassasalari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish belgilab berilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti bilan O'zR FA Botanika instituti oʻrtasida mutaxassislar yetishtirishda yaqindan hamkorlik joriy etilishi talab qilinadi.