Tibbiyot talabalari Indoneziya ta’lim universitetida amaliyot o‘tashmoqda

Tibbiyot talabalari Indoneziya ta’lim universitetida amaliyot o‘tashmoqda

  • 05.12.2025
  • 117
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Tibbiyot fakulteti talabalari xalqaro hamkorlik doirasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, kasbiy tajribalarini oshirish maqsadida Indoneziya ta’lim universiteti (Universitas Pendidikan Indonesia)da tashkil etilgan talabalar almashinuvi dasturida ishtirok etishmoqda.

 

Mazkur almashinuv dasturi 8 haftalik amaliyotni o‘z ichiga olib, talabalar nafaqat o‘z yo‘nalishi bo‘yicha chuqur kasbiy tajriba orttirishlari, balki xorijiy oliy ta’lim muassasasining o‘quv jarayoni, ilmiy yondashuvlari va zamonaviy pedagogik metodlari bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Dastur davomida talabalar Indoneziyaning yetakchi professor-o‘qituvchilari ishtirokidagi treninglarda qatnashadilar, amaliy laboratoriya mashg‘ulotlarida faol ishtirok etadilar hamda xalqaro talabalarning turli loyihalarida o‘z bilimlarini namoyon etadilar.