“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Tarix kafedrasi mudiri, Tarix fanlari nomzodi, dotsent Faxriddin Yormatov tashabbusi bilan tarix yo‘nalishi talabalari uchun “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda dotsent Faxriddin Yormatov Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, asosiy bo‘limlari, davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyatini batafsil tushuntirib berdi. Shuningdek, konstitutsiyamizning O‘zbekiston taraqqiyotidagi tutgan o‘rni, uning jamiyat farovonligi va barqaror rivojlanishiga qo‘shayotgan ulkan hissasi haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar ongida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini chuqur yoritish, undagi demokratik tamoyillar, inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi normalar haqida kengroq tasavvur uyg‘otishdan iborat bo‘ldi.