TISUda afg‘onistonlik talabalarga magistrlik diplomlari topshirildi

TISUda afg‘onistonlik talabalarga magistrlik diplomlari topshirildi

  • 06.05.2025
  • 125
Blog Image

 Termiz iqtisodiyot va servis universitetida xalqaro taʼlim hamkorligi doirasida tahsil olgan afg‘onistonlik talabalar magistratura mutaxassisligi yo‘nalishini muvaffaqiyatli yakunlashdi. Shu munosabat universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari tomonidan ularga magistrlik diplomlari topshirildi. 

 

Bitiruvchilar magistrlik darajasini olganlaridan mamnun ekanliklarini bildirib, O‘zbekistonda olingan bilim va tajribalar kelajakda ularning yurtlarida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga hissa qo‘shishida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi.

 

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti xalqaro taʼlim maydonida o‘z nufuzini mustahkamlab bormoqda. Аfg‘onistonlik talabalarning muvaffaqiyatli bitirishi bu hamkorlikning samarali natijasi sanaladi.