Ozarbayjon universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Ozarbayjon universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

  • 24.04.2025
  • 102
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi Ozarbayjonga tashrifi doirasida Ozarbayjon universiteti rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda universitetning yetakchi vakillaridan biri — professor Yusif Soltan Gasimov ishtirok etdi.

Mazkur universitet – Ozarbayjondagi yetakchi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda innovatsion yondashuvlarga alohida e’tibor qaratadi.

Suhbat davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda kelishib oldilar:

- qo‘shma ilmiy va akademik loyihalar ustida ishlash;

- talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida almashinuv dasturlarini tashkil etish;

- raqamli ta’lim va axborot texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashish;

- ikki tomonlama seminar va konferensiyalar o‘tkazish.

Ushbu tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi, shuningdek, xalqaro ilmiy va akademik hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.