“Rektor stipendiyasi” navbatdagi g‘oliblari aniqlandi

“Rektor stipendiyasi” navbatdagi g‘oliblari aniqlandi

  • 23.04.2025
  • 187
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Rektor stipendiyasi”ning navbatdagi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Iqtidorli va izlanuvchan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish hamda ularga alohida e'tibor qaratish maqsadida universitetda iqtidorli talabalar uchun “Rektor stipendiyasi” joriy etilgan bo‘lib, ularning navbatdagi sohiblari ham aniqlandi. Quvonarlisi, sovrindorlarning 70 foizga yaqinini xotin-qizlar tashkil etgani Prezidentimizning xotin-qizlar ta'limiga e'tibori, yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar mevasi sanaladi.

Tadbirda talabalar bilan bir qatorda ularning ota-onalari ham ishtirok etishdi. Ota-onalarga farzandlarining ilm yo‘lida erishayotgan yutuqlarida ko‘rsatgan fidoiyligi hamda ularni qo‘llab-quvvatlab kelganlari uchun tashakkurnomalar taqdim etildi.

Mazkur stipendiya nafaqat yoshlar mehnatini munosib baholash, balki ularning yanada faol, izlanuvchan va mas’uliyatli bo‘lishiga turtki bo‘lishi shubhasiz.

Darvoqe, “Rektor stipendiyasi”ga loyiq deb topilgan 50 nafar iqtidorli va faol talabalar ga 2025-yil fevral-iyun oylarida 1 million so‘mdan stipendiya berib boriladi.

G‘oliblarni samimiy tabriklab, ularga ilm-fan yo‘lida yuksak zafarlar tilaymiz!