TISU talabalari Turkiyaning tarixiy manzillarida

TISU talabalari Turkiyaning tarixiy manzillarida

  • 21.04.2025
  • 66
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis talabalari hozirda Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan ta’lim va madaniy almashinuv dasturi doirasida nafaqat o‘quv jarayonida ishtirok etmoqda, balki Istanbul shahridagi tarixiy va sayohatbop joylarga tashrif buyurib, turk xalqining boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Xususan, talabalarimiz va professor-o‘qituvchilarimiz Aya-Sofya, Topkapi saroyi va Bosfor bo‘yida sayr qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Ushbu tarixiy joylar ularning nafaqat bilim doirasini kengaytirdi, balki madaniy dunyoqarashlarini ham boyitdi.

Talabalarning aytishicha, bu tashriflar ular uchun unutilmas taassurotlar qoldirmoqda. Ular yangi do‘stlar orttirmoqda, turk madaniyati va urf-odatlarini yaqindan o‘rganmoqda.