Talabalar Istanbuldagi klinika faoliyati bilan tanishdi

Talabalar Istanbuldagi klinika faoliyati bilan tanishdi

  • 16.04.2025
  • 132
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis univeristeti Tibbiyot fakulteti talabalarining Turkiya davlatiga safari davom etmoqda. Safar davomida ular Istanbul shahrida joylashgan Medipol universitetida ilk malaka oshirish jarayonlarini boshlab olishdi.

Jarayonda, klinikadagi mavjud yo‘nalishlar, xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishildi. Shuningdek, talabalar qiziqishlariga ko‘ra alohida yo‘nalishlarga bo‘linib, shu bo‘yicha o‘quvlarda ishtirok etishmoqda. Albatta, Turkiya tajribasi talabalarga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari, ilg‘or tashxis va davolash uslublari bilan bevosita tanishish imkonini bermoqda.

Talabalarning aytishicha, Turkiyadagi klinikalar yuqori darajadagi xizmat sifati, zamonaviy tibbiy uskunalar va tajribali mutaxassislari bilan ajralib turadi. Shuningdek, ular bu tajriba orqali yangi madaniyatni o‘rganish, xalqaro muhitda ishlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘layotganlaridan mamnun.