TISU talabalari Istanbulga yo'l oldi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi tarkibidagi iqtidorli tibbiyot yo‘nalishi talabalari Istanbul shahridagi nufuzli Istanbul Medipol universitetida amaliyot o'tash maqsadida yo'lga chiqishdi.
Bu tashrif TISU til markazida turk tilidan yuqori darajada tayyorgarlikdan o‘tgan talabalar uchun xalqaro tajriba almashinuvi doirasida tashkil etildi.
Amaliyot davomida talabalar Istanbul Medipol universitetining zamonaviy klinik bazalarida malakali mutaxassislar rahbarligida nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni oshirish va tibbiyot sohasidagi ilg‘or yondashuvlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.