Sohibqiron Amir Temur – buyuk sarkarda

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi yurtimiz bo‘ylab katta xursandchilik bilan o‘tkazilmoqda. Xususan, Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ham ushbu sana munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temur – buyuk sarkarda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tarix kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida Sohibqiron Amir Temur nafaqat eng qudratli davlat asoschisi, ilm-fan, va madaniyat homiysi, balki Osiyo va Yevropada ham taniqli tarixiy inson ekani ta’kidlandi.
Tadbirda talabalar buyuk bobomizning hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlar va dunyo tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi haqida bilimlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, talabalar tomonidan Sohibqironning hayot yo‘li aks etgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
Mohichehra Isoqova,
tarix taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich talabasi