TISUda ochiq eshiklar kuni

Jarayonda o'quvchilar universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Ochiq eshiklar kunida tashrif buyurgan bitiruvchi oʼquvchilarga yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan keng koʼlamli va chuqur islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning bilim olishlari hamda mehnat qilishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Bundan tashqari, oʼquvchilar universitetimiz fakultetlari, taʼlim yoʼnalishlari, mutaxassisliklar, xorijiy davlatlar bilan tashkil etilgan qoʼshma taʼlim dasturlari xususidagi oʼzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.