Ochiq dars

Dars davomida “Sifat so‘z turkumi” mavzusi ingliz, rus va o‘zbek tillarida qiyosiy tahlil qilingan holda talabalarga tushuntirildi. Rus tilida sifat so‘z turkumining tuzilishi va grammatik jihatlariga alohida e’tibor qaratib, o‘zbek va ingliz tillaridagi muqobillar bilan solishtirish orqali berilgan ma’lumotlar yanada mustahkamlandi.
Qiziqarli mashg‘ulotlarga boy o‘tgan ochiq darsda talabalarni guruhlarga bo‘lgan holda “rebus”, “krossvord”, “tezkor savol-javob”, “aqliy hujum”, “sinkveyn” kabi zamonaviy ta’lim metodlarini qo‘llash dars samaradorligini oshirishga xizmat qildi.