Hamkor tashkilotlar bilan uchrashuv

Hamkor tashkilotlar bilan uchrashuv

  • 11.03.2025
  • 146
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Qalqon” jamoasi a'zolari va hamkor tashkilotlar vakillari bilan maxsus uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv universitetning faol yoshlari va hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda kelgusida birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalarni muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda “Qalqon” jamoasi a'zolari o‘zlarining faoliyati, maqsadlari va vazifalari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Hamkor tashkilotlar vakillari esa o‘z faoliyat yo‘nalishlari, taklif va imkoniyatlari haqida so‘zlab, talabalar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.