Fan olimpiadasida kimlar g‘olib bo‘ldi?

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar o‘rtasida 30 ta fan yo‘nalishida olimpiada bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetning barcha fakultetlaridan 3501 nafar iqtidorli talabalari ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.
Imtihonlar yozma hamda test shaklida yuqori saviyada o‘tkazilib, jarayonlar kafedralar o‘qituvchilari va O‘quv-uslubiy bo‘limi xodimlari tomonidan nazorat qilindi.
Nihoyat, bilimlar bellashuvi natijalari aniqlanib, ishtirokchilar orasidan 90 nafar 1-, 2- hamda 3-o‘rinni egallagan yoshlar saralab olinib, universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.