Meyliqulov Shaxboz Xolmamat o’g’li

Raqamli ta’lim texnologiyalar markazi bo'lim boshlig'i

Raqamli ta’lim texnologiyalar markazi bo'lim boshlig'i :
Meyliqulov Shaxboz Xolmamat o’g’li

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning barcha ish kunlari 8:00-12:00
  LAVOZIM VAZIFALARI:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;

 

O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.

 

 

Universitetdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;

 

Kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;

 

Kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;

 

Universitetning kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;

 

Universitetda Internet tarmoqlari, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;

 

Universitetning nusxa ko‘paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;

 

Universitetning masofaviy o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda masofaviy o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va chet el oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;

 

Universitet lokal tarmog‘iga portal bo‘yicha jami ma’lumotlarni kiritish va tahlil etish;

 

Universitet elektron pochtasining muntazam normal ishlashini ta’minlash va elektron pochtaga kelib tushgan materiallarni o‘z vaqtida universitet rektoriga taqdim etish;

 

Professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va talabalarga internet tarmog‘idan zarur materiallarni olishda ko‘maklashish;

 

Universitetdagi kompyuterlarni to‘liq ishlab turishni ta’minlash va ularni dasturiy ta’minotini yaxshilashga erishish;

 

Universitetning turli faoliyatida qo‘llaniladigan texnika vositalarini tahlil qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;

 

Yangi kelgan vositalarni (kompyuter texnikasi, tashkiliy texnika, audio va video apparatlar) olib kelish, o‘rnatish va sinovdan o‘tkazishda qatnashish;

 

Hisoblash, audio va videotexnika, laboratoriya uskunalarini texnik ekspertizasini o‘tkazish;

 

Texnik vositalardan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;

 

Profilaktika qilingan va ta’mirlangan texnika vositalarining hisobini olib borish va maxsus daftarga qayd etish;

 

Ta’mirlash va profilaktika qilishga sarflangan materiallar va ehtiyot qismlarning hisobini olib borish;

 

Yosh mutaxassislarni texnik vositalardan foydalanishga o‘rgatish.

 

Universitet lokal va korporativ tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash;

 

Universitet barcha bo‘limlarida Internet tarmog‘i uzluksiz ishlashini ta’minlash;

 

Kompyuter o‘quv sinflarida reja asosida darslar jadvali bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash;

 

Internet sinflarini doimiy ravishda ishlashini ta’minlash;

 

Universitetda iste’molchilar Internet tarmog‘idan olinayotgan axborotlar hajmini hisobini olib borish va ma’lumotlarni rahbariyatga doimiy ravishda taqdim etish;

 

Professor-o‘qituvchi, stajor-tadqiqotchi, izlanuvchilar va talabalarni internet va milliy ilmiy-ta’lim tarmoqlaridan foydalanishini ta’minlash.

 

Jadval bo‘yicha kompyuter o‘quv sinflardagi va OTMsi tarkibiy bo‘limlaridagi barcha kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini profilaktika qilish, reja-ogohlantirish ishlarini olib borish;

 

Tushgan buyurtmalar bo‘yicha kompyuter va boshqa tashkiliy texnika vositalarini ta’mirlash;

 

Texnika vositalar (kompyuter, tashkiliy texnika audio-videotexnika) uzluksiz va ishonchli ishlashini ta’minlash;

 

Texnik vositalar ishlatilish jarayonida yuz bergan nosozliklarni tezkor bartaraf etish;

 

Texnika vositalar barcha qurilmalarini uzluksiz ishlashini doimo nazorat qilib turish;

 

Bajarilgan profilaktika, ta’mirlash ishlari bo‘yicha hisobotni olib borish va maxsus daftarga qayd etish.

 

Universitetning kompyuter texnologiyalarining operatsion sistemalari ishlashini nazorat qilib turish;

 

Universitetda mavjud bo‘lgan kompyuter texnologiyalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash.

 

Universitetdagi mavjud kompyuter zallari (sinflari) ishchi holatini tekshirish va nazorat qilib borish;

 

Kompyuter zallari (sinflari)dagi qo‘shimcha qurilmalarning to‘g‘ri ishlatilishini nazorat qilish;

 

Kompyuter zallari (sinflari) bo‘yicha kafedralar va bo‘limlarda mas’ul etib tayinlangan xodimlar bilan doimiy ravishda kompyuter zallari (sinflari)ni ishlatish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish.

 

Universitetdagi kompyuterlarning dasturiy ta’minot to‘g‘ri ishlab turishini ta’minlash va ularni yangilab borish;

 

Universitet axborot tizimlari va dasturiy ta’minotlarining kiberxavfsizligini ta’minlash, viruslar va xakerlik (kiber) xujumlaridan himoya tizimini yo‘lga qo‘yish hamda muntazam ravishda yangilab borish;

 

Axborot xavfsizligi bo‘yicha ichki siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;

 

Universitet tarmoq infratuzilmasida xavfsizlik monitoringini olib borish, shubhali faoliyatni aniqlash va oldini olish choralarini ko‘rish;

 

Axborot tizimlarining zaif joylarini tahlil qilish va profilaktik testlar (penetration testing) orqali xavflarni baholab turish;

 

Hodimlar va talabalarga kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv seminarlari va treninglar tashkil etish.

 

Universitet kafedra va bo‘limlaridagi kompyuterlarga tarjimon dasturlar, dasturlash tillari va tanib oluvchi dasturlarni o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatish;

 

Universitetdagi kompyuterlarning texnik holatini nazorat qilib borish.

 

Markaz faoliyatiga taalluqli bo‘lgan boshqa topshiriqlarni bajarish.

 

Universitetda ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.