Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti tarkibida faoliyat yurituvchi Morfologik fanlar kafedrasi 2025–2026 o‘quv yilida tashkil etilgan. Kafedraga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v/b Sultonov Ravshan Komiljonovich rahbarlik qiladi.
Kafedraning asosiy tarkibida 7 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi, shulardan 1 nafari — dotsent ilmiy unvoniga ega. Kafedra tashkil etilgan ilk yildan boshlab ta’lim jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni kompleks rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
- Odam anatomiyasi
- Klinik anatomiya
- Farmakologiya
Magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha (Terapevtik stomatologiya):
- Operativ jarrohlik va topografik anatomiya
- Dermatovenerologiya
Fanlar zamonaviy ta’lim standartlariga asoslangan holda, amaliy mashg‘ulotlar hamda klinik misollar yordamida o‘tiladi.
Morfologik fanlar kafedrasi o‘qituvchilari 2025–2026 o‘quv yili davomida xalqaro ilmiy maydonda faol ishtirok etib, o‘z ilmiy izlanishlarini keng jamoatchilikka taqdim etishdi.
Xalqaro konferensiyalardagi ishtiroklar:
– Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali tomonidan tashkillashtirilgan “Issiq iqlim sharoitida yuqumli kasalliklarning o‘ziga xos kechishi” nomli xalqaro anjumanda kafedra professor-o‘qituvchilari qatnashishdi. Sultonov Ravshan Komiljonovich “Bolalarda ko‘k yo‘tal kasalligining uchrashi” mavzusidagi ilmiy ishi bilan ishtirok etdi.
– 2025 yil 17–18 oktyabr kunlari Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida bo‘lib o‘tgan “Farmakologiya, farmatsevtika va xalq tabobati: dolzarb muammolar va innovatsiyalar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida o‘qituvchi Juraev Zohidjon Ashurovich “Peganum harmala o‘simligining farmakognostik xususiyatlari va uni dori vositalari ishlab chiqarishda qo‘llash” mavzusida ma’ruza qildi.
– 2025 yil 20–21 noyabr kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan VII Markaziy Osiyo kongressi doirasida Juraev Zohidjon Ashurovich “Peganum harmalaning mikroorganizmlarni dezinfeksiya qilish hamda shamollash, gripp va boshqa infeksion kasalliklarni davolashdagi samaradorligi” mavzusidagi ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etdi.
– “INNOWEEK–2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Juraev Zohidjon Ashurovich faol ishtirok etib, o‘z innovatsion loyihalarini taqdim qildi.
2025–2026 o‘quv yili davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy jurnallar, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 8 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etildi.
Kafedra talabalarning intellektual saviyasini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy uyg‘oqligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi. Barcha ishlar universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida amalga oshiriladi.
2025–2026 o‘quv yilida o‘tkazilgan tadbirlar:
- 19 oktyabr 2025 yil – Kafedra o‘qituvchisi Juraev Zohidjon Ashurovich Surxondaryo telekanalining “Munavvar kun” tongi dasturida tibbiyot yo‘nalishidagi dolzarb mavzular yuzasidan chiqish qildi.
- Davolash ishi yo‘nalishi 1-kurs talabalari amaliyoti – Qiziriq va Bandixon tumanlaridagi tibbiyot muassasalarida o‘quv amaliyoti tashkil etildi; rahbarlikni Juraev Z. A. amalga oshirdi.
- “INNOWEEK–2025” – Kafedra o‘qituvchilari innovatsion g‘oyalar haftaligida faol qatnashdi.
- Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtiroki – 17–18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan anjumanda Juraev Zohidjon Ashurovich Peganum harmalaning farmakologik xususiyatlariga bag‘ishlangan doklad bilan qatnashdi.
- Amaliyot jarayonlariga rahbarlik – Davolash ishi yo‘nalishi talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar muntazam ravishda tashkil etildi.
- Sport tadbirlari – 5 ta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan universitet sport musobaqalarida farmatsiya yo‘nalishi talabalari faol qatnashib, munosib natijalarga erishishdi.
Morfologik fanlar kafedrasi qisqa vaqt ichida Tibbiyot fakultetining eng faol bo‘limlaridan biriga aylandi. Ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro maydondagi ishtiroklar, shuningdek ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kafedra salohiyatining yuksakligidan dalolat beradi. Kafedra kelgusida ham ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘lida izchil faoliyat olib borishni davom ettiradi.

O'qituvchi
+998 97-809-30-03

O'qituvchi
+998 99-529-83-92

O'qituvchi
+998 97-842-99-69

O'qituvchi
+998 97-069-83-03

O'qituvchi
+998 91-075-74-77
uz
en
ru