Jismoniy madaniyat kafedrasi 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qisqa muddat ichida universitetda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi, sportni ommalashtiruvchi va yoshlar jismoniy tayyorgarligini ta’minlovchi yetakchi bo‘limlardan biriga aylandi. Kafedraga Usmonov Mansur Qurbonmurotovich rahbarlik qiladi. U dotsent, PhD ilmiy darajasiga ega, ko‘p yillik tajribaga ega malakali mutaxassis bo‘lib, kafedraning rivojlanish strategiyasi, ilmiy izlanishlar yo‘nalishlari va o‘quv jarayonini samarali tashkil etib kelmoqda.
Kafedrada asosiy shtatda 7 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Ular orasida 1 nafari professor, 2 nafari dotsent va qolganlari o‘qituvchi bo‘lib, ular jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, talabalarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishini kuchaytirish, jismoniy rivojlanishni ta’minlash hamda sportni ommalashtirishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.
- Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi;
- Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi;
- Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi;
- Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi;
- Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi;
- Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi;
- Futbol va uni o‘qitish metodikasi;
- Sport mahoratini oshirish;
- Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari;
- Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish;
- Suzishni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti;
- t.f. Shaxmatni o‘qitish nazariyasi va amaliyoti;
- t.f. Boks nazariyasi va amaliyoti;
- t.f. Sport to‘garaklarini tashkil qilish;
- t.f. Trenerlik kasbi;
- t.f. Jismoniy madaniyat va sport;
- t.f. Adaptiv jismoniy tarbiya;
- t.f. Jismoniy tarbiya va turizm;
- Bolalar jismoniy tarbiyasi;
- Jismoniy madaniyat va sport.
Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat kafedrasi va Indoneziya ta’lim universitetining Tibbiyot fakulteti sport tibbiyoti yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan. Bu kelishuv ikki oliygoh o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish imkonini yaratmoqda.
2024-2025 o‘quv yili davomida kafedra professor-o‘qituvchilari dissertatsiyalarni himoya qilib, ilmiy darajalarga ega bo‘lishdi. Jumladan Usmonov Mansur Qurbonmurotovich hamda Salimov Utkirjon Shaydullayevichlar 2024-yilda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darasiga ega bo‘ldi.
Jismoniy madaniyat kafedra o‘qituvchilari 2025-yil 25-26-aprel kunlari “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim va tarbiyaning dolzarb muommolari” mavzusidagi xalqaro miqyosdagi, shuningdek, 29-30-oktyabr kunlari “Globalizatsiya sharoitida ta’lim tizimida jismoniy tarbiya hamda boshqa fanlarning integratsiyasi: zamonaviy yondashuvlar va innovatsion tadqiqotlar” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi.
2025-2026 o‘quv yilida turli xalqaro va xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida 18 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi tuzildi. Ushbu reja talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilishning asosiy bosqichlarini aks ettiradi. Ushbu rejaga muvofiq iqtidorli talabalar ilmiy rahbarga tayinlandi, ularning ish yo‘nalishlari aniqlanib, ilmiy maslahatlar o‘tkazilib borilmoqda. Bir yo‘la talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etishga jalb etilmoqda.
Kafedrada jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari nomli fan to‘garagi, suzish hamda milliy kurash bo‘yicha sport to‘garaklari tashkil etilgan. Ushbu to‘garaklarda iqtidorli sportchi talabalar o‘z bilim va mahoratlarini oshirib kelmoqda.
Qolaversa, sportning stol tennisi, karate, taekvondo ITF, dzyudo, erkin kurash turlari bo‘yicha 15 nafar talaba respublika, Osiyo, Markaziy Osiyo va Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Kafedrada olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar o‘quv yili uchun qabul qilingan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi asosida amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, xalqaro hamkorlik doirasida Indoneziya ta’lim universiteti (Universitas Pendidikan Indonesia)dan tashrif buyurgan sport tibbiyoti sohasidagi mutaxassislar — Dr. Lucky va Dr. Wibowo tomonidan Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari uchun qiziqarli va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mutaxassislar tomonidan “Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sport fiziologik tibbiy asoslari” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Dars jarayonida talabalar inson organizmining jismoniy yuklamalarga moslashuvi, sportchilar salomatligini saqlash, to‘g‘ri ovqatlanish, tiklanish jarayonlari va mashg‘ulot gigiyenasi kabi mavzular yuzasidan nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.
Bundan tashqari, kafedra tomonidan doimiy ravishda “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida sport musobaqalari, shuningdek, universitetdagi professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida voleybol, futbol, stritbol, stol tennisi, kurash, karate, shaxmat-shahka, boks, suzish, yengil atletika, milliy kurash, tosh ko‘tarish kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etib kelinmoqda.

+ 998 97 630 77 74

O'qituvchi
+998 99 103 26 29

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
+998 91 583 96 99

O'qituvchi
+998 90 827 49 49
O'qituvchi
+998 94 518 78 97

O'qituvchi
+998 94 515 05 31
uz
en
ru
