Kafedraga i.f.f.d., PhD Shodiyev Akbar Ashurovich rahbarlik qiladi. U iqtisodiy fanlar bo‘yicha zamonaviy ilmiy yondashuvni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va kafedra ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida faoliyat yuritib kelmoqda.
“Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi 2024-yil sentyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida ilmiy-pedagogik faoliyati, ta’lim sifati va yosh mutaxassislar tayyorlash borasida sezilarli natijalarga erishdi. Kafedra iqtisodiyot, moliya va hisob-kitob tizimiga oid zamonaviy fanlarni o‘qitish orqali malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Kafedra tarkibida 14 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tarkibi yosh, bilimli va faol pedagoglardan iborat bo‘lib, o‘qituvchilar zamonaviy buxgalteriya hisobi, statistika, audit va moliyaviy tahlil bo‘yicha yurtimiz va xalqaro amaliyotga mos bilimlarni talabalarga yetkazib kelmoqda.
- Statistika;
- Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi;
- Buxgalteriya hisobiga kirish;
- Audit;
- Auditga kirish;
- Biznesda buxgalteriya hisobi;
- Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi;
- Ekonometrika;
- Ekonometrikaga kirish;
- Amaliy ekonometrika;
- Iqtisodiy tahlil;
- Moliyaviy tahlil;
- Moliyaviy va boshqaruv hisobi;
- Buxgalteriya hisobini milliy standartlar asosida yuritish;
- Moliyaviy hisob.
- Davlat sektorida buxgalteriya hisobi;
- Moliyaviy hisobot – 2;
- Audit va ishonchlilik – 2;
- Ekonometrika – 2;
- Ilmiy tadqiqot metodologiyasi;
- Moliyaviy hisobotlar tahlili;
- Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari;
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari;
- Byudjet hisobi.
Mazkur fanlar orqali talabalarda analitik fikrlash, iqtisodiy jarayonlarni baholash, moliyaviy hisob-kitoblarni yuritish va audit hamda statistika bo‘yicha mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi.
2025–2026 o‘quv yilida kafedra o‘qituvchisi Muzropova Shaxnoza Saydullayevna
“Aksiyadorlik jamiyatlarida investitsion mulk hisobini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
Kafedra ilmiy salohiyati yildan-yilga ortib bormoqda. 2024–2025 yillar davomida professor–o‘qituvchilar tomonidan quyidagi ilmiy ishlar chop etildi:
- OAK e’tirof etgan jurnallarda – 54 ta ilmiy maqola;
- Xalqaro konferensiyalarda – 124 ta tezis;
- Respublika konferensiyalarida – 96 ta tezis;
- O‘quv qo‘llanmalar – 3 ta;
- Monografiyalar – 6 ta;
- Uslubiy qo‘llanmalar – 12 ta;
- Boshqa ilmiy jurnallarda – 152 ta maqola.
Ilmiy tadqiqotlar asosan buxgalteriya hisobi, moliyaviy tahlil, audit, statistik model, iqtisodiy jarayonlarning iqtisodiy-matematik tahlili kabi yo‘nalishlarda olib borilmoqda.
Kafedra nafaqat ta’lim va ilmiy sohada, balki ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda ham faol ish olib boradi. 2024–2025 yillar davomida:
- 200 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
- Talabalar bilan muzey, tarixiy obidalar va turistik maskanlarga sayohatlar;
- Sport tadbirlari va sog‘lom turmush targ‘iboti bo‘yicha ishlar;
- Talabalar ijarada yashash sharoitlarini o‘rganish va yordam ko‘rsatish amalga oshirildi.
Kafedra talabalarga nafaqat kasbiy bilim, balki yuksak ma’naviyat, vatanparvarlik, tashabbuskorlik hamda ijtimoiy faollikni singdirishga intiladi.
“Buxgalteriya hisobi va statistika” kafedrasi qisqa muddatda o‘zining faoliyati, ilmiy yutuqlari, o‘qituvchilar salohiyati va talabalarga yaratilgan sharoitlari bilan universitetning yetakchi bo‘limlaridan biriga aylana oldi. Kafedra kelgusida ham buxgalteriya hisobi, moliya, audit va statistika sohalarida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni davom ettiradi.
uz
en
ru