O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
Fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish;
Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish;
Talabalarning o‘quv kartochkalarini to‘ldirishni tashkil etish;
Talabalarning shaxsiy jadvallarini hamda reyting sinovi varaqalarini tuzishni tashkil etish;
Talabalarning hujjatlarini tayyorlash hamda nusxasini ko‘paytirishni tashkil etish;
Fakultet talabalarining soni haqidagi 3-NK shaklidagi hisobotni tuzishni tashkil etish;
Birinchi kursga qabul qilingan talabalarni o‘quv hujjatlarini tayyorlashni tashkil etish (reyting daftarchalarini, talabalik biletlarini va o‘quv kartochkalarini to‘lg‘azish);
Talabalar hujjatlarini muntazam ravishda tekshirib borish hamda fanlar bo‘yicha qarzlarni topshirish haqida eslatuv xatlarini jo‘natish;
Talabalar soni, o‘zlashtirishi va harakati bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini tayyorlash;
Talabalarning kursdan-kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
Talabalarni malakaviy amaliyotiga yuborish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzish;
Talabalar davomatini, o‘quv darslarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini tashkil qilish va nazoratini olib borish;
O‘quv dars jadvallarini tuzishni tashkil etish;
Reyting nizomiga rioya etilishini ta’minlash;
Talabalarni DAK sinovlarini topshirishga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga ruxsat etish bo‘yicha buyruq loyihasini tuzish;
Talabalarni so‘rov xatlariga javob xatlarini yozishni tashkil etish;
Dekanat faoliyati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar uchun buyurtmalar berishni tashkil etish;
Fakultet dekanatidagi barcha hujjatlarni saqlanishini ta’minlashni tashkil etish;
Universitetni tamomlagan hamda chetlashtirilgan talabalarni shaxsiy hujjatlarini tayyorlash va ularni Universitet arxiviga topshirishni tashkil etish.
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;
Stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;
Fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
Yangi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
Fakultet Kengashini faoliyatini boshqarish;
Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
Universitetning talabalar amaliyoti va kar’era bo‘limi bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
Turdosh davlat va nodavlat oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida «Markaz», «Kurs» va sh.k.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;
Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.
uz
en
ru