Turayev Ziyadulla Norsoatovich

O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i

O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i :
Turayev Ziyadulla Norsoatovich

Telefon raqam :
Telegram :
Qabul vaqti :
Haftaning ish kunlari soat 14-00 dan 16-00 gacha
 LAVOZIM VAZIFALARI:  

 O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;

 

O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.

 

 

Boshqarma faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;

 

Boshqarmaning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

 

Universitetda dekanatlar, kafedralar, bo‘limlarning o‘quv-uslubiy faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar mazmunini kafedralarga, professor-o‘qituvchilarga va talabalarga yetkazib borilishida ishtirok etish;

 

Universitet Kengashi, fakultet kengashlarining o‘quv jarayonini tashkil qilish va ta’minlash haqidagi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

 

O‘quv jarayonining normativ-huquqiy bazasini shakllantirish va yangilab borish orqali uning tashkiliy masalalarini hal etish;

 

Universitetda tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining malaka talablarini takomillashtirib borish, yangi avlod o‘quv va ishchi o‘quv rejalarini ishlab chiqish hamda ular asosida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv yuklamalarni kafedralar kesimida umumlashtirish hamda bajarilishini nazorat qilish;

 

Ishchi o‘quv rejalarining semestrlar va o‘quv yili davomida bajarilishini tahlil etib borish;

 

Pedagog xodimlarning tanlovdan o‘tish monitoringini olib borish, tanlov muddati kelgan pedagog xodimlar uchun tanlovlar e’lon qilish;

 

Talabalar bilimini baholash tizimini samarali jamoatchilik nazorati ostida kechishi orqali korrupsiya xolatlarini batamom bartaraf etish;

 

Bilim va pedagogik ko‘nikma, malakani oshirish va ushbu faoliyatni baholashning funksional tizimini shakllantirish orqali professor-o‘qituvchilarning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli o‘zgarishlardagi tashabbuskorligini oshirish;

 

O‘quv jarayoni bilan bog‘liq barcha buyruqlarning loyihasini tayyorlash;

 

O‘quv jarayoni yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlovchi axborot-pedagogik texnologiya va metodlarni keng joriy qilib borish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;

 

Universitetda o‘qitiladigan fanlarning uslubiy ta’minoti samarali tashkil etilishi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning kafedralarda to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash;

 

Universitet kafedralarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotning holatini o‘rganib borish hamda belgilangan muddatlarda ularning muhokamasini tayyorlash;

 

Amaldagi ishchi o‘quv rejalariga kiritilgan yangi fanlarni o‘qitishning uslubiy ta’minotini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ularning kafedralarda holatini o‘rganib borish;

 

O‘quv jarayonini uslubiy jihatdan takomillashtirish yuzasidan izlanishlar olib borish va ularni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy seminarlarni tashkil etish;

 

O‘quv rejasidagi fanlarning kafedralar darajasidagi uslubiy ta’minotini aniqlash va ular bo‘yicha universitet saytida ma’lumotlar bazasini yaratish;

 

Malakaviy amaliyotni tashkil etishga ko‘maklashish;

 

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida fanlarni o‘qitish axborot-pedagogik texnologiyalari va metodlari keng joriy etilishining holatini o‘rganib borish va bu borada orttirilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;

 

Talabalarning mustaqil ishlarini samarali tashkil etish uslubiyotini ishlab chiqish va ularning tegishli kafedralarda sifatli amalga oshirishiga ko‘maklashish;

 

O‘quv jarayoni bo‘yicha bo‘linmalarning hisobotlarini umumlashtirish;

 

O‘quv-uslubiy jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

 

Bakalavriat talabalarning Davlat attestasiyalari va magistratura mutaxassisliklarining bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari himoyalarini tashkil qilish va o‘tkazishda ishtirok etish;

 

O‘quv jarayonini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘quv-yordamchi xodimlar va o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullar faoliyatini shakllantirish;

 

Kafedralarning o‘quv yili bo‘yicha hisobotlarini umumlashtirish va universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha yillik umumiy hisobotini tuzish;

 

Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Ishchi o‘quv reja”lari va “O‘quv jadval”larini tuzish;

 

Ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv yili uchun “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini shakllantirish va tashkil qilish;

 

Talabalar kontingentining yillik hamda chorak hisobotlari tayyorlanishini ta’minlash;

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.09.2019 yildagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish xamda rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish universitetlari va markazlariga reja asosida yuborishni ta’minlash;

 

Malaka oshirish universitetlari va markazlarida yakuniy imtihonlardan o‘tmagan pedagoglarni qayta o‘qishlarini nazorat qilish va natijalari to‘g‘risida rektorga ma’lumot taqdim qilish;

 

Talabalar bilimini baholash reyting tizimini shaffofligini ta’minlash yuzasidan rejali tekshirishlarda ishtirok etish;

 

Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik shaxsiy rejalarida belgilangan o‘quv-uslubiy ishlarini xaqiqiy ijrosini ta’minlash;

 

Professor-o‘qituvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar, ma’ruzalar, va o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan o‘quv jadvali va rejasi asosida o‘tkazilishini shakllantirish va tashkil etish;

 

Talabalarning akademik qarzdorliklari va o‘zlashtirishlari holatini tahlil qilib borish va tegishli takliflar tayyorlash;

 

Axborot kommunikasion texnologiyalarni puxta bilishi;

 

Universitetda ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.