O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Bosh yuriskonsult yuridik xizmat faoliyatini umumiy boshqaradi va uning ishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Universitet faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etadi.
Huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va aniqlangan holatlar bo‘yicha rahbariyat hamda komplaens-nazorat bo‘limiga xabar beradi.
Xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaydi.
Universitetda ishlab chiqilayotgan barcha qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar va boshqa huquqiy ahamiyatga ega hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.
Hujjatlarning amaldagi milliy va xalqaro qonunchilikka muvofiqligini ta’minlaydi.
Huquqbuzarlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni bartaraf etish yuzasidan takliflar berish. Zarur hollarda hujjatlarni bekor qilish yoki tuzatish choralarini ko‘radi.
Universitet bilan tuziladigan barcha turdagi xo‘jalik, xizmat ko‘rsatish, hamkorlik, grant va boshqa shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.
Shartnomalarning qonunchilikka muvofiq tuzilishi va ijrosini nazorat qiladi.
Debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Talabnoma-da’vo ishlarini yuritadi.
Universitetning mulkiy va boshqa manfaatlarini sudlar va huquqni muhofaza qilish organlarida himoya qiladi.
Universitetda yetkazilgan moddiy zararni undirish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlaydi.
Mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlaydi.
Mehnat shartnomalari, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etadi.
Kasaba uyushmalari faoliyatida yuridik yordam ko‘rsatadi.
Professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga huquqiy maslahatlar beradi.
Yangi qabul qilingan qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil etadi.
Xodimlar va talabalarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etadi.
Yuridik xizmatning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlaydi.
Yuridik xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish.
Universitet komissiyalari ishida ishtirok etadi va huquqiy xulosalar beradi.
Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
Universitetda ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.
uz
en
ru