O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Xodimlar bilan ishlash bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish, bo‘lim xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, ish rejalarini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
Bo‘limda yuqori darajada tashkiliy va ijro intizomini ta’minlash;
Universitetni malakali professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;
Kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish, xodimlar tarkibi va faoliyatini tahlil qilish;
Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalar asosida takliflar ishlab chiqish;
Universitetning inson resurslarini boshqarish tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha tashkiliy va uslubiy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Xodimlar (pedagog xodimlar) bilan mehnat munosabatlarini qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirish;
Ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, lavozimni o‘zgartirish, mehnat shartnomasini bekor qilish, ta’til berish va boshqa buyruqlarni rasmiylashtirish va saqlanishini ta’minlash;
Xodimlarning shaxsiy yig‘ma jildlari, mehnat daftarchalari va
T-2 kartochkalarini yuritish;
Xodimlar nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarni shakllantirish va lavozimga tayinlash tizimini muvofiqlashtirish.;
Yangi ishga qabul qilingan xodimlarni ichki mehnat tartibi, jamoa shartnomasi va odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish;
Kadrlarga oid ma’lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi”, hrm.argos.uz, YMMT, mehnat.uz elektron platformalariga kiritish va yangilab borish;
Vakant lavozimlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va o‘z vaqtida taqdim etish;
Xodimlar statistikasi va kadrlar hisobotlarini yuritish;
DXRA portalida joylashtirilgan vakant lavozimlar bo‘yicha nomzodlarni saralash va rahbariyatga taklif kiritish;
Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Xodimlar va professor-o‘qituvchilar attestatsiyasi, tanlovlari va baholash jarayonlarida ishtirok etish;
Xodimlar faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash;
Kadrlar salohiyatini rivojlantirish orqali universitetning strategik vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
Ichki mehnat tartibi, xizmat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni ta’minlash, nizolarning oldini olish va psixoemotsional holatni tahlil qilish;
Kadrlarga oid buyruqlarni rasmiylashtirish, ko‘chirmalarni tarqatish va xodimlarni tanishtirib borish;
Hujjatlarni belgilangan tartibda saqlash va arxivga topshirish;
Pensiya tayinlash, ijtimoiy ta’minot va davlat mukofotlariga tavsiya etish hujjatlarini tayyorlash;
Fakultetlar, kafedralar va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
Boshqa tashkilotlar bilan kadrlar masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish;
Talabalar, magistrantlar va doktorantlarni ishga jalb etish imkoniyatlarini o‘rganish;
Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
Universitetda ish samaradorligini oshirish yuzasidan yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari, jamiyat faoliyatini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflarni bayon etadi.
uz
en
ru