O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Nizomi, Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Universitet tuzilmasi bo‘yicha yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorga bo‘ysinuvchi bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir, yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Talabalarni universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlarida faol qatnashishlarini ta’minlash;
Talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqarish va izchil takomillashtirib borish;
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish;
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish, turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalarini uyushtirish;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarini universitet jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratish;
Talabalarda ma’naviy boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish va ularda o‘z tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish;
Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;
Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilik, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;
Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedralarining uslubiy va axborot (adabiyot, qo‘llanma va h.k.) ta’minlash, professor-o‘qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o‘rganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;
Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash;
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish, ijodiy-badiiy, sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklarini tashkil etish;
Universitet sport klublari faoliyatini takomillashtirish, talabalarni sport turlari bo‘yicha tayyorlash, “Universiada” sport musobaqalarida faol qatnashishlarini ta’minlash;
Universitetda talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar o‘rnatilgan talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;
Talaba - o‘quvchilar orasida badiiy adabiyot, xususan, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlariga alohida e’tibor berish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish, universitet Axborot-resurs markazini turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish;
Universitetning sport-sog‘lomlashtirish va madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;
Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish;
Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalar bilan fakultetlar va universitetning hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;
Ko‘p nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlash, ularda universitetda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy yoritib borish;
Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik to‘garaklari ko‘riklarini va olimpiadalarni muntazam o‘tkazishni tashkil etish;
Umumta’lim maktablarning bitituvchilari orasida ixtidorli yoshlarni aniqlash va ularni kelgusida universitetga o‘qishga tavsiya qilish maqsadida maktab, tuman va viloyat bosqichida fan olimpiyadalari o‘tkazilishini tashkil qilish;
Respublika, viloyat va shahar miqyosida bo‘ladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o‘qituvchi va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Professor-o‘qituvchi va talabalar munosabatida odob-axloq me’yorlari va yuqori saviyada muomala madaniyatini tarkib toptirish;
Universitetning o‘quv va o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini belgilangan tartib va muddatlarda sifatli moliyalashtirishni amalga oshirish;
Universitetdagi yotoqxonaga muhtoj talabalarni sifatli turar joylari bilan ta’minlash, ularga me’yorlarda belgilangan sharoitlarning yaratilishini muntazam nazorat etish;
Universitet professor o‘qituvchilari va xodimlarini hamda universitet talabalarini ichki tartib qoida va Odob axloq kodeksi bilan tanishishlarini tashkillashtirish, hamda ichki tartib va odob axloq qoidalariga og‘ishmay amal qilishlari ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Faoliyat sohasiga doir berilgan ariza va shikoyatlarni qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, qonuniy hal etilishini ta’minlaydi.
uz
en
ru